Harom narsani sotgan sotuvchining oyligi

Assalomu alaykum! Agar bir inson sotuvchi bo‘lib oylikka ishlasa va boshlig‘i sotishga tamaki va alkogol maxsulotlarini sot deb bersa. Sotuvchining oyligi xarommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ochiq-oydin sotmayman bularni deb aytishi kerak. Shariatimizda iste’moli harom bo‘lgan narsani savdosi ham undan tushgan daromadi ham harom hisoblanadi. Sotsa quyidagi hadis ostiga kiradi: عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْخَمْرِ عَشْرَةً: عَاصِرَهَا، وَمُعْتَصِرَهَا، وَشَارِبَهَا، وَحَامِلَهَا، وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ، وَسَاقِيَهَا، وَبَائِعَهَا، وَآكِلَ ثَمَنِهَا، وَالْمُشْتَرِيَ لَهَا، وَالْمُشْتَرَى لَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ  Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xamr(aroq)da o‘n(kishi)ni la’natladilar: uni siquvchisini, siqishni buyurganni, ichuvchisini, hammolini, ko‘tartirib yuruvchisini, quyib beruvchisini, sotuvchisini, bahosini eyuvchisini, sotib oluvchisini va sotib olib kelib beruvchisini».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.Vallohu a’lam!

10 May 2022, 11:23 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar