Bir hadis sharxi

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, «Ummatimning ixtilofi rahmatdir» mazmunidagi xadisni tushunishda yordam bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ixtilof degandan Qur’oni karim va muborak sunnatlarning har bir oyat va jumlalaridan bir necha ma’nolar tushinilishi va Alloh taolo har bir mujtahid imomning qalbiga ijtihod qilinadigan o‘rinlarda ulardan birini tanlashni qalbiga solishidir. Bu narsa Alloh taoloning bandaliriga cheksiz rahmatidir. Shu orqali Qur’on va hadisdan olinishi mumkin bo‘lgan har bir hukmni chiqartirib, keyingi ahli ilmga ijtihod qilishga hojat qoldirmagan. Zarurat taqozosiga ko‘ra vaqt, holatning e’tibori bilan ularning har biriga amal qilinadi. Oddiy misol qilib keltirsak, hozirgi kundagi moliyaviy masalalarda mazhablar birlashishni boshlagan. Ya’ni milionlab, balki milardlab odamlar bu sohada faoliyat yuritayotgan bo‘lsalar ularning bu ishlaridan qaytarish o‘rniga to‘rttala mazhabdan qaysi biriga to‘g‘ri kelsa nochorlikdan o‘sha mazhabning qavliga fatvo berilmoqda. Yana bir misol eri urushga ketib dom-darkasiz yo‘qolib ketgan ayol hanafiy mazhabining Qur’on va hadisdan ijtihodi bilan bir qavlida 90 yil yana birida erining tengqurlari vafot topgunlaricha kutishi aytilgan. Molikiy mazhabida esa Qur’on va hadisdan ijtihod qilinib 4 yil kutishi, topilmagach qozi nikohni bekor qilib ayol boshqaga nikohlanishi mumkinligi aytilgan(albatta tekshiruv va ulamolar hay’ati o‘rganib chiqqandan keyin). Hozirga kelib ishlagani ketib dom-daraksiz yo‘qolib ketayotgan kishilar ko‘paydi. Ortidan qolgan ayollari non-nafaqasiz yoki jinsiy hayotsiz azobga mubtalo bo‘lishmoqda. Bu inkor qilinadigan gap emas. 1-2 kishiga ham tegishli emas. Bu fasodni oldini olish uchun hanafiylar ham molikiylar qavlini olishga va unga fatvo berishga majbur bo‘lishdi. Agar ijtihod rahmat bo‘lib mujtahidlarning qavli bir nechta bo‘lmaganida hanafiylarda fasodning oldini olishni imkoni yo‘q edi. Bu kabi misollardan yuz minglab keltirish mumkin. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 06:33 | Savol-javoblar | 175 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar