Shirinlik sunnatmi?

Assalomu alaykum! Bundan 2 oycha avval bir xadis ijtimoiy tarmoqlarda aylanib qoldi. U xadis: Oisha roziyallohu anho onamizdan rivoyat qilingan "Rosululloh sallallohu alayhi vasallam xolva va asalni xush ko‘rar edilar" mazmunida Va ijtimoiy tarmoqlarda shu xadisni yozishib shirinlik sunnat deb pirog, tortlarning rasmlari qo‘yilgan Savol: yuqoridagi xadisda nimaligi anniq bo‘lgan 2 xil egulik kelmoqda bu degani xamma shirinlik sunnat bo‘ladi deyishlik noto‘g‘ri shundaymi? Qolaversa xolva va asal tabiy maxsulot va bular foydali xamma sunnatlar kabi, agarda biz xamma shirinlikni sunnat desak xato qilgan bo‘lib qolmaymizmi? Chunkiy xozirgi shirinliklarning aksari zararli moddalardan tashkil topgan sunnatda esa xamma narsa foydaliku. men yoki ular xadisni o‘zboshimchalik bilan sharx qilayotgan bo‘lsak bizga nasixat qilinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri aytibsiz. Sunnat xolva va asal. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 12:51 | Savol-javoblar | 163 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar