G‘ayridin inson o‘lsa
Assalomu alaykum! Men katta bir (ishlab chiqarish) davlat tashkilotida ishlayman. Ishxonamizda xar hil din vakillari ishlaydi. Agar o‘lim bo‘lib qolsa, bir tseximiz shu kabi xolatlar uchun tobut va xoch (grob i krest) yasab beradi. Bir kuni xristian diniga mansub hamkasbimizning eri o‘lib qoldi. Menga boshlig‘im bir xizmat xati yozilgan qog‘oz berdi. U xatda "hamkasbimizning eri o‘lganligi uchun tobut va xoch yasab berishingizni so‘rayman" ma’nosida yozilgan edi. Menga shu xatni o‘sha tsexga olib borib berish buyurildi. Men judayam ikkilandim. Krest bo‘lgani uchun bizga bu ish mumkin bo‘lmasachi deb o‘yladim. Darrov "shuni ilmini biladi" deb o‘ylagan odamlardan so‘rab ko‘rdim. Ular "ilojini topsez aralashmagan yaxshi, lekin iloji bo‘masa, majbur bo‘sez shuni qisez zarari yo‘q" qabilida javob berishdi. Nima qilishimni bilmay, majbur olib borib berdim. Savolim shuki, shu ishda men vositachi bo‘lganim uchun gunoxkor bo‘lmadimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘ayridinlarni o‘z diniga muvofiq ko‘miladida. Qog‘ozni olib borib berganingiz uchun gunohkor bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 13:14 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘ayridinlarni o‘z diniga muvofiq ko‘miladida. Qog‘ozni olib borib berganingiz uchun gunohkor bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 13:14 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar