Duo ijobat bo‘lishi

Assalomu alaykum! Qanday duo qilsam ortig‘i bilan ijobat bo‘lyapti. Bundan nuda hursand bo‘lyapman. Lekin biroz vaqt o‘tib shu hursanchiligimdan 10barobar azobini tortyapman aynan shu duo qilib so‘rab olgan narsamni. Bir ikki martamas ko‘p bo‘ldi bu holat. Astag‘firulloh duo qilgani qo‘rqib qoldim. Nima qilay kerakli narsani duo qilib so‘rashdan to‘xtamaymi yoki peshonamga yozgani bo‘ladi deb taqdirga tashlab qo‘yaymi hamma narsani?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz yomon gumon qilmang, bu hammasi Allohning irodasi ila bo‘ladigan ishlar. Bir musibat etishini duo qilishingizga bog‘lamang. Duoda bardavom bo‘ling, Allohdan yaxshilikni so‘rang. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 13:35 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar