Ko‘chada imo ishoralar bilan namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Men universitet talabasiman Alloh qodir qilgancha namozlarimni vaqtida o‘qishga intilaman. Lekin ba’zida shunday bo‘ladiki darslarimiz cho‘zilib namoz vaqtida uyga etib kelolmay qolaman. Yaqinda universitet hovlisida bir qizning o‘rindiqda imo ishoralar orqali tik turmasdan namoz o‘qiyotganini ko‘rdim Savolim shundan iboratki namozni men ham qazo qilmay shu tarzda o‘qisam bo‘ladimi? Unda qanday niyat qilinadi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yo‘q, u ishora to‘g‘ri emas. Chekaroqqa o‘tib tik turgan holda farzini o‘zini bo‘lsa ham o‘qib olishingiz kerak. Bu erda sizlardan birgina narsa, himmat talab qilinadi xolos. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 158 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar