Quldorlik tuzumi haqida
Assalamu alaykum va raxmatullohi va barakotuhi Shayx Xazratlari! Men bir ilim talab insonman. Bevosita sizga savol berish imkoniyati mavjudligini yaqinda bildim, shu kungacha menda juda ko‘p savollar yig‘ilib qolgan, bir nechta ilmli mutaxasisslardan so‘rab ko‘p savollarim javobsiz qolgan. Ushbu savollarga siz kabi islom dinining malakali mutaxassisidan javob olishni anchadan beri ko‘nglimga tugib yurgan edim. Sizga internet orqali murojat qilib ko‘p savollarimga javob olishimga ishonaman. O‘zbek tiliga tarjima qilingan Qur’oni Karimni bo‘sh vaqtlarimda o‘qib ma’naviy, ruhiy va dunyoviy ilimlardan bahramand bo‘laman. Ushbu Allohning oyatlarini o‘qish jarayonida bir masala bo‘yicha savol tug‘ildi. Bu savol Niso surasining 92 oyatini o‘qish jarayonida paydo bo‘ldi. Niso surasi 92 oyat:[glow=grey,2,300] Mo‘min mo‘minni faqat bilmagan holdagina o‘ldirib qo‘yishi mumkin. Kim bir mo‘minni bilmay o‘ldirib qo‘ysa, u bir mo‘min qulni ozod qilishi va marhumning egalariga — agar kechib yubormasalar — xun to‘lashi vojibdir. Agar marhum o‘zi mo‘min bo‘lib, sizlarga dushman qavmdan bo‘lsa, faqat bir mo‘min qulni ozod qilishi vojib. Agar u sizlar bilan sulh tuzgan qavmdan bo‘lsa, uning egalariga xun to‘lash va bir mo‘min qulni ozod qilish lozim. Bas, kim (ozod qilish uchun bir qul) topishga qodir bo‘lmasa, Allohga tavba qilib muttasil ikki oy ro‘za tutmog‘i lozim. Alloh bilim va hikmat egasi bo‘lgan zotdir.[/glow]Ushbu oyatni sizning Tafsiri Hiloldagi tafsirlarigizdayam o‘qib ko‘rib menda shunday xulosa shakllandiki, ya’ni o‘sha davrlarda quldorlik tuzumi islom tamonidan taqiqlanmagan, ya’ni qandaydir miqdorda tartibga solinib ushbu tuzumga ruxsat berilgan. O‘z navbatida esa qul to‘laqonli inson sifatida qabul qilinmagan, ya’ni uning huquqlari ozod insonning huquqlaridan farq qilgan. Xammamizga ma’lumki aroqni ham islom dinida asta sekinlik bilan taqiqlab borilgan. Balki ushbu tuzum xam Muqaddas Kitobning qaysidir oyatlarda vaqt o‘tganidan so‘ng taqiqlangandir? Ushbu quldorlik tuzumini Qur’oni Karimda taqiqlovchi qandaydir hujjat mavjudmi?Agar taqiqlovchi hujjat mavjud bo‘lmasa, shariatimizda qulga egalik qilish mumkinmi?Ushbu savolimda yoki fikirlashimda kamchiliklar bo‘lsa aybga buyurmaysiz. Oldindan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.Hurmat va ehtirom ila Ilmu Tolib.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Islomda quldorlik tuzimiga qarshi barcha choralar ko‘rilgan. Ammo uni to‘liq bekor qilingani e’lon qilinmagan. Chunki, musulmonlar boshqalar bilan birga yashagani va ular bilan munosabatda bo‘lishlari e’tiboridan, butun dunyo mahkam yopishib turgan quldorlik tuzimini bekor qilishning imkoni bo‘lmagan. Boshqacharoq qilib aytganda, boshqalar musulmonlarni asirga olib qul qilish imkonlari bo‘lgani uchun, ularga mos muomala bo‘lishi uchun birgina asir tushish yo‘li bilan qulchilik qolgan.
2 May 2022, 12:18 | Savol-javoblar | 180 | Qur’oni karim