Uch taloqsan deb yana yashab ketishdi

Assalomu alaykum! Bir ayolni eri uch taloqsan degan. Oradan bir oy o‘tmasdan xech qanday idda islomiy xukmsiz ular yana birga yashashni boshlaganlar va ayol zinoda yashayotganidan ko‘ngli g‘ash bo‘lib bir yil ichida boshqa turmush qurgan. Ikkinchi turmushi ayolga xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birinchi eri bilan oraga uch taloq tushgan. Undan keyin ular birga yashashlariga yo‘l yo‘q. Keyin birga yashaganlari harom, zino bo‘lgan. Ayolning birinchi uch taloq olganidan keyin iddasi chiqqan bo‘lsa, boshqa turmush qurishi mumkin. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar