Ko‘ylak haqida

Assalomu alaykum! Ko‘ylakning engi uzun bo‘lsa shimarib olish mumkinmasligini, shimning poychasini atayin namoz uchun qayirmaslikni va namozda sochni orqaga yig‘maslik kerakligini shu saytdan o‘qib bilgandik. Savolim, ko‘ylakning etagi shimga qistirilgan bo‘lsa, shu holda namoz o‘qish mumkinmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avrati ochilib qolmasa va orqadagilarning hayolini chalg‘itadigan bo‘lmasa, joiz. Ayollar sochlarini boshini yuqorisiga tuyaning o‘rkachi kabi do‘ppaytirib olishdan qaytarilgan. Orqasiga yig‘ishtirib olish, turmaklab olish joiz. Fiqhiy kitoblardagi “sochni turmaklab olish joiz emas” degan ibora erkaklarga tegishli. Ayollarni yig‘ishtirib olishida avratni berkitish bor. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:00 | Savol-javoblar | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar