Fatvo xay’ati javobi
Assalomu alaykum! Men O‘MI FATVO xay’ati telegram kanalida 698-savolga javobda "taloq tufayli arsh larzaga kelishigi muxaddislar to‘qima xadis deyishgan" deyilibti. Xazrat roximaxullox "Baxtiyor oila" kitoblarida "Abu Dovud va Xokim rivoyati. Xokim saxix degan" deyilgan. Xadis tuqimami yoki FATVO xay’ati bu roviylar keltirgan xadisdan bexabarmi? Beodoblarcha savol bergan bo‘lsam ming bora uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَبْغَضُ الْحَلَالِ إِلَى اللهِ عَزَّ وَجَلَّ الطَّلَاقُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالْحَاكِمُ وَصَحَّحَهُ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh azza va jallaga eng yomon ko‘rilgan halol taloqdir», dedilar».
Abu Dovud va Hokim rivoyat qilganlar. Hokim sahih degan.
Boshqa bir rivoyatda: «Taloq tushganda Alloh taoloning arshi larzaga keladi», deyilgan.
Bu erda Hokim sahih deganidan murod, hadisning birinchi qismi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh azza va jallaga eng yomon ko‘rilgan halol taloqdir», dedilar».
Siz aytgan ikkinchi qismning sihhati haqida bu erda hech narsa deyilmagan. Aslida u yana bir boshqa rivoyatning ikkinchi qismi hisoblanadi. تَزَوَّجُوا وَلاَ تُطَلِّقُوا، فَإِنَّ الطَّلاَقَ يَهتَزُّ مِنْهُ عَرْشُ الرَّحْمَنِ «Uylaninglar va taloq qilmanglar. Chunki taloqdan Rahmonning Arshi larzaga keladi», deyilgan.
Tabariy rivoyat qilgan.
Bu hadisni Saxoviy: “Sanadi zaif”, degan. Ibnul Javziy esa: “Mavzu’”, degan. Shunga binoan muhaddislarning orasida sihati haqida ixtilof bor rivoyat hisoblanadi. Hazrat ham hadisni birinchi qismini nazarda tutganlar. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 15:13 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush