O‘ziga qollish sharti bilan ijaraga berish

Assalomu alaykum! Menda bir ortiqcha mashinam bor edi, shuni bozor narxi 7000 $, shuni jiyanimga yarmini 3500 $ ni olib qolganini 200 $ dan 36 oyga bo‘lib berishga kelishtik, jiyanimga shunda 10700 $ tushyapti, men 3 yilda 3700 $ foyda qiyapman, savolim shuki shu ishim to‘g‘rimi ribo emasmi, yana pulim bor maxallamda ijara minib yurgan taksislar bor shularga xam shunday qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu taqsit savdo deyiladi. Bunda molning narxi va to‘lash muddati aniq bo‘lishi kerak. Shuningdek har oyda qilinadigan to‘lovni kunidan kechiktirsa faloncha qo‘shib berasan degan shartni qo‘ymasangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 15:25 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar