Otam ruxi

Assalomu alaykum! Odam o‘lgandan keyin rux jasadni tark etadi. Savolim shundan iboratki odam ruxi masalan ota onam ruxlari bizni nima ishlar bilan shug‘ullanib yurganimizni ko‘rib turadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularga bag‘ishlangan savoblar etkaziladi. Ammo ruhlar hamma vaqt hoziru-nozir, tiriklarni ko‘rib turadi degan e’tiqod noto‘g‘ri.عن أنس مرفوعاً: إن أعمالكم تعرض على أقاربكم وعشائركم من الأموات، فإن كان خيراً استبشروا به، وإن كان غير ذلك قالوا: اللهم لا تمتهم حتى تهديهم كما هديتنا رواه الإمام أحمدAnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarni qiladigan amallaringizni vafot topgan qarindosh va urug‘laringizga ko‘rsatilinadi. Agar yaxshi bo‘lsa, ular bundan xursand bo‘ladilar. Agar boshqa bo‘lsa “Allohim bizlarni hidoyat qilganingdek ularni ham hidoyat qilmaguningcha vafot toptirmagin” deydilar” dedilar.
Imom Ahmad rivoyati. Vallohu a’lam!

9 Oktabr 2023, 22:01 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar