Bog‘chadagi bolaning haqqi
Assalomu alaykum! Men bog‘chada tarbiyachi bo‘lib ishlayman. Bu erda bolalardan eguliklar ortib qoladi, ulardan qolganini biz eyishimiz yoinki o‘zimiz bilan uyga olib ketishimiz mumkinmi? 2). Umuman bog‘chadagi narsalardan biz foydalanashimiz mumkinmi, bizga halolmi, bolalarning haqqini egan bo‘lmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bolalardan ortgan eguliklarni eyish yoki uyga olib ketish mumkin emas. Bu bolalarning haqqi hisoblanadi. Xususan bolalarning ichida etimlari bo‘lishi mumkinligini hisobga olsak, etimning haqqini eyish juda katta gunoh bo‘ladi. “Niso” surasining 10-oyatida shunday deyiladi:«Albatta, etimlarning molini zulm ila eganlar qorinlarida olovni egan bo‘lurlar. Va shubhasiz, do‘zaxga kirurlar».
Oyati karimaning uslubi g‘oyatda ta’sirchanligi ko‘rinib turibdi. Avvalo kim etimlarning mollarini zulm ila esa, qiyomatda qorinlaridagi u narsa olovga aylanadi.
«Albatta, etimlarning molini zulm ila eganlar qorinlarida olovni egan bo‘lurlar».
So‘ngra shu holda – qorinlaridagi olov alangalagan holda do‘zaxga kiradilar.
«Va shubhasiz, do‘zaxga kirurlar».
Do‘zax alangasi ham avj olib turadi. Demak, etim molini nohaq egan odam ichiyu tashidan o‘t azobiga giriftor qilinadi. Naqadar dahshatli hol! Naqadar alamli!
Bu oyati karimada kelgan ma’noni ta’kidlovchi, sharhlovchi ko‘pgina hadisi shariflar bor.
Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda u zot:
«Halok etuvchi etti narsadan chetda bo‘linglar», dedilar.
«Ular nimalar, ey Allohning Rasuli?» deb so‘raldi. U zot:
«Allohga shirk keltirish, sehrgarlik, Alloh man qilgan jonni o‘ldirish, riboxo‘rlik, etimning molini eyish, urush kuni qochish, mo‘mina pokiza ayollarni zinoda tuhmat qilish», deb javob berdilar.
Mashhur tafsirchilardan Suddiy:
«Qiyomat kuni etimning molini egan odam og‘zidan, quloqlaridan, burnidan va ko‘zlaridan olov chiqib turgan holda tiriltiriladi. Har bir ko‘rgan odam uning etim molini eganligini bilib oladi», deganlar.
Ibn Murdavayh Abu Barzodan rivoyat qilgan hadisda u zot:
«Qiyomat kuni bir qavmlar og‘izlaridan olov purkalib turgan holda tiriltiriladilar», dedilar. Odamlar:
«Ey Allohning Rasuli, ular kimlar?» deb so‘rashdi. U zot:
«Alloh taolo: «Albatta, etimlarning molini zulm ila eganlar qorinlarida olovni egan bo‘ladilar», deganini bilmaysanmi?» –dedilar.
Imom Ibn Moja Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam:
«Ikki zaifning – ayolning va etimning molidan uzoq bo‘lishingizni vasiyat qilaman», deganlar.
Albatta, bu ta’limotlar musulmonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Ularni qattiq larzaga solgan. Ular umuman etimlarning moliga yaqin kelishdan ham qo‘rqib qolishgan.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu bu haqda quyidagilarni aytgan:
«Albatta, etimlarning molini zulm ila eganlar...» oyati nozil bo‘lganida, etimlarni o‘z otalig‘iga olganlar borib, o‘z taomini ularning taomidan, ichimligini ichimligidan ajratib qo‘ydi. Ortib qolgan taomlar ham to etim o‘zi eguncha yoki aynib qolguncha turadigan bo‘ldi. Etimlarni otaliqqa olganlarga mashaqqat tug‘ildi. Bu hol Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga aytilgan edi, Alloh taolo «Sendan etimlar haqida so‘raydilar...» oyatini nozil qildi». («Tafsiri Hilol» kitobidan)
Tarbiyachilar uchun mo‘jallangan alohida taom bo‘lsa, shundan eyishingiz mumkin. Bog‘chadagi narsalardan foydalanishda ichki tartib va qoidalarga amal qiling. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar