Shifokorlar va muassasa kelishuvi
Izlash xizmatida faqat ko‘z shifokorining ko‘zoynak sotib olish to‘g‘risida shunga o‘xshash savoli bor ekan. Men shifokor bo‘lib ishlayman. Hozirgi kunda tibbiy xizmat ko‘rsatish turlari ko‘payib ketib, ayrim tibbiy tekshiruv usullari mavjud bo‘lgan. Shaxsiy tibbiy muassasalari shifokorlar bilan kelishgan holda, shifokor yuborgan bemorni tekshiruv usulidan tushgan puldan ma’lum qismini, ushbu tekshiruvga yuborgan shifokor uchun ajratib berishmoqda. Ya’ni, shifokor bemor yuboradi, muassasa ustama pulini shifokorga beradi. Ba’zan bu holat ayrim shifokorlar uchun qo‘shimcha daromad maqsadida xizmat qilmoqda. Savolim shuki, shunday tarzda hamkorlik qilish durustmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kelishuv asosida, yolg‘on va aldovsiz bo‘lsa, bo‘ladi.
26 May 2022, 17:15 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kelishuv asosida, yolg‘on va aldovsiz bo‘lsa, bo‘ladi.
26 May 2022, 17:15 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar