Tarobex nomozi

Assalomu alaykum! Men moskvadaman yonimdagi sheriklarim xufton va tarobex namozini xech qanday uzrsiz tezroq tugatish uchun muddatdan 20-25 daqiqa oldin o‘qishyapti. Vaqti kemagan o‘qib bo‘medi desam biz jamoat bilan kelishganmiz deyishyapti. Baxonalari ishdan charchab keganmiz musofirbiz bo‘laveradi deb nomozdan kegin yarim kechagacha telefonda internet kovlashadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozni o‘z vaqti kirganidan so‘ng o‘qish shart. Vaqtidan avval o‘qilsa durust bo‘lmaydi va zimmada farzligicha qolib ketadi. Vaqti kirganidan keyin qayta o‘qish farz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:16 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar