Masjudul aqso

Assalomu alaykum! Masjidul aqsoda namoz o‘qishni niyat qilip borip u erda namoz o‘qigan kishi onasini qornidan tug‘ilgandak gunohlardan poklanip oladi degan gap qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنَّ سُلَيْمَانَ بْنَ دَاوُدَ لَمَّا بَنَى بَيْتَ الْمَقْدِسِ، سَأَلَ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ خِلَالًا ثَلَاثَةً: سَأَلَ اللَّهَ حُكْمًا يُصَادِفُ حُكْمَهُ، فَأُوتِيَهُ. وَسَأَلَ اللَّهَ مُلْكًا لَا يَنْبَغِي لِأَحَدٍ مِنْ بَعْدِهِن فَأُوتِيَهُ. وَسَأَلَ اللَّهَ حِينَ فَرَغَ مِنْ بِنَاءِ الْمَسْجِدِ أَنْ لَا يَأْتِيَهُ أَحَدٌ لَا يَنْهَزُهُ إِلَّا الصَّلَاةُ فِيهِ، أَنْ يُخْرِجَهُ مِنْ خَطِيئَتِهِ كَيَوْمِ وَلَدَتْهُ أُمُّهُ. أما اثنتان فقد أُعطيهما، وأرجو أن يكون قد أعطى الثالثة؟.  أخرَجَهُ النَّسَائيُّ وابْنُ مَاجَةَ وَأحْمَدُ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Albatta Sulaymon ibn Dovud (alayhissalom) Baytul maqdisni bino qilganida Alloh taolodan uch narsani so‘radi. Allohdan uning hukmiga muvofiq hukmni so‘radi. Bas, unga berildi. Allohdan undan keyin biror kishiga muyassar bo‘lmaydigan mulkni so‘radi. Bas, unga berildi. Masjidni bino qilishdan forig‘ bo‘lgan vaqtda Alloh taolodan ushbu masjidga faqat namozni niyat qilib kelgan kishini onadan tug‘ulgan kunidagidek gunohlardan pok holatda chiqarishini so‘radi. Batahqiq avvalgi ikki so‘ragan narsasi berildi. Uchinchisi ham berilgan bo‘lishini umid qilaman”.
Nasoiy, Ibn Moja va Ahmad rivoyat qilishgan. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 128 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar