Nikohdagi ba’zi tushinarsizliklar

Assalomu alaykum! Nikoh bilamizki buyuk ibodatlardan va nikohda mahr berish har bir erkak kishiga farz amal ekan va eng kam miqdori 10 dirham deb eshitganman, kelinga hozirgi kunda o‘rtacha 20-25 gr oltin miqdorda ziraklar mahr dep berilyapdi, undan yashqari hozirda qalin puli degan narsa chiqgan u qizning ota-onasiga beriladigan pul miqdoriga aytiladi o‘rtacha 10-15milliyon bu oilaviy mablag‘i etishi etmasligini qizig‘i qolmagan, savol ham shunda mahrdan tashqari odatga aylangan bu pul miqdori dinimizda bormi qanday amal va majburiymi, eng qizig‘i shu pulga qizning ota-onasi kiyov tomonga quruq qo‘l bilan bormaslik uchun har xil maishiy texnikalar olishadi bunga nima deysiz, dinimizda bu ishlar qanday amal, shuni to‘liqroq tushintirib bersangiz, ko‘pchilikdan so‘ralayotgan savol, qiz tomondagilar hech narsa olib kelmang deb aytsak ham olib kelishadi bu ishlarni to‘xtatish uchun nima qilsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ish shariatimizda yo‘q. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qinghttps://fiqh.uz/maqola/693

10 May 2022, 17:56 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar