Og‘iz ochish duolari

Men iftorlik vaqtida og‘iz ochish duolarini adashtirib yubordim. Og‘iz ochish duosini o‘qiyman deb, og‘iz yopish duosini o‘qib og‘iz ochibman. Buni esa ertasiga bilib qolibman. Endi nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Hech qanday zarari yo‘q. Ro‘zani ochishni xos duosi yo‘q. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Bismillah deb eyishni boshlayverganlar. Eb bo‘lgach quyidagi duoni o‘qiganlar. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا أَفْطَرَ قَالَ: ذَهَبَ الظَّمَأُ وَابْتَلَّتِ الْعُرُوقُ وَثَبَتَ الْأَجْرُ إِنْ شَاءَ اللهُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Ibn Umar roziyallohumo anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon iftor qilsalar:
«Zahabaz zomau va btallatil uruqu va sabatal ajru, inshaalloh»
(«Gunoh ketdi, tomirlar ho‘llandi va inshaalloh, ajr sobit bo‘ldi»), der edilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. 
Va yana bir rivoyatda وَكَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا أَفْطَرَ قَالَ: اللَّهُمَّ لَكَ صُمْتُ وَعَلَى رِزْقِكَ أَفْطَرْتُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالطَّبَرَانِيُّ وَلَفْظُهُ: بِسْمِ اللهِ اللَّهُمَّ لَكَ صُمْتُ وَعَلَى رِزْقِكَ أَفْطَرْتُ «Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon iftor qilsalar:
«Allohumma! Laka sumtu va ’alaa rizqika aftortu» («Allohim, Sen uchun ro‘za tutdim va Sen bergan rizq ila iftor qildim»), der edilar».
Abu Dovud va Tobaroniy rivoyat qilganlar.
Tobaroniyning lafzida:
«Bismillah. Allohumma! Laka sumtu va ’alaa rizqika aftortu» («Bismillah. Allohim, Sen uchun ro‘za tutdim va Sen bergan rizq ila iftor qildim»), deyilgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:54 | Savol-javoblar | 172 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar