Qazo, jamoat va musofir namozi haqida

Assalomu alaykum! 1. Agar kishi jamoat namoziga 2-rakatdan qo‘shilsa, ya’ni 1-rakatga kech qolsa, kechga qolgan bir rakatni o‘qish uchun tashahhudda attahiyot, salovat va robbana.. duolarini aytadimi yoki indamay imom salom berishini kutadimi? 2. Keyin o‘sha ulgurmagan bir rakat namozida bismillah.., fotiha, bir zam sura keyin tashahhudga o‘tirib attahiyot, salovat, robbana.. duolarini o‘qib namozni yakunlaydimi? 3. Biz savdoga viloyatdan tovar olib kelamiz. Uzoq qolib ketsak ham bir kunga bormaydi. Shunda ham men musofir bo‘lamanmi musofir namoznini o‘qishligim uchun? Hanafiy mashabidaman masofa uyimizdan 96 km dan uzoq. Agar savollarni qayta bergan bo‘lsam ming bor uzur izlash xizmatidan topa olmadim. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Attahiyyatu ni o‘zini o‘qib imom salom berishini kutadi. Salom bergach turib etolmagan rak’atlarini o‘qiydi.2). Sano, A’uzu, Bismillah va zam sura o‘qib keyin qa’dani to‘liq ado qilib salom beradi.3). Musofir bo‘lasiz. Namozlarni qasr qilib o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 18:29 | Savol-javoblar | 169 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar