Junub
Assalomu alaykum! Men bo‘ydoqman bir kuni bomdod nomoziga turganimda junub bo‘lgan ekanman. O‘sha payt g‘usl qilolmadim. Men onam bilan bir vaqtda nomoz o‘qiganimiz uchun ularga bu xolatni aytishga uyalib o‘zimni nomoz o‘qiganga o‘xshatim. Yaqinda o‘qib qoldim taxoratsiz nomoz o‘qisa kofir bo‘ladi deb. Shunga o‘zimdan xavotirdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tavba qiling, o‘sha namozni qaytadan qazosini o‘qing. Modomiki tahoratsiz namoz o‘qisa bo‘laveradi deb e’tiqod qilmagan bo‘lsangiz, tahoratsiz namoz o‘qiganga o‘xshatishingiz bilan siz kofir bo‘lib qolmagansiz. Lekin shunday qilsa bo‘laveradi degani emas. Endi bilganingizdan keyin ham shunday qilsangiz iymoningizga putur etib qolishi mumkin, Alloh asrasin. Shuning uchun yana shunday holat bo‘lsa, uyalmasdan g‘usl qilmasdan namozga yaqinlashmang. Bandasidan emas, Allohdan hayo qiling, uyaling. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 21:33 | Savol-javoblar | 159 | Namoz