Rahbarga bo‘ysunish

Assalomu alaykum Raxbarga bo‘ysunish ibodatdir degan hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oyat bor. Albutta bu bo‘yinsunish shariat chegarasida bo‘lishi kerak. Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi:   يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ أَطِيعُواْ اللّهَ وَأَطِيعُواْ الرَّسُولَ وَأُوْلِي الأَمْرِ مِنكُمْ فَإِن تَنَازَعْتُمْ فِي شَيْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى اللّهِ وَالرَّسُولِ إِن كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ ذَلِكَ خَيْرٌ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلاً۝ 59. Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Rasulga va o‘zingizdan bo‘lgan ishboshilarga itoat qiling. Biror narsa haqida tortishib qolsangiz, agar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsangiz, uni Allohga va Rasulga qaytaring. Ana shu xayrli va oqibati yaxshidir.
Allohning amriga bo‘ysunish esa farzi ayndir. Ammo ishboshilarga bo‘ysunishda bir necha shartlar bor. Avvalo, oyatda «o‘zingizdan bo‘lgan» deyilyapti. Ko‘pchilik «ishboshi» deganda hokimnigina tushunadi. Aslida oyatda hamma ishboshi nazarda tutilgan. Fiqh ilmi ulamolarimiz bu oyatdagi «ishboshi»larni shunday tushuntirganlar: fiqhda ijtihod darajasiga etgan ulamolarning jamlanib, biror masala bo‘yicha ittifoq bo‘lib qaror qilishlari ishboshilikdir. Albatta, hokimlar ham ishboshi hisoblanadilar.عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا طَاعَةَ لِمْخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ. (متفق عليه)  Hasandan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxluqqa itoat yo‘q» – dedilar”. 
Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. (Muttafaqun alayh)
Ya’ni, bandani rozi qilaman deb, Alloh taoloni norozi qiladigan narsani qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 18:29 | Savol-javoblar | 174 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar