Hamrdan jonli narsalar yasash

Assalomu alaykum! Hurmatli Zikir ahli jamoasi, bir savolim bor edi izlash hizmatidan to‘liq javob topolmadim. Pishiriqlar uchun multfilm qahramonlari shaklini mastika hamiridan yasab tijorat qilaman. Allbatta odam va hayvon shakllarini yasashga to‘g‘ri keladi. Bunga shariatda ruxsat beriladimi? Ya’ni jonli shakllarni tort va pishiriqlar uchun yasashga shar’an ruxsat bormi? Iltimos to‘liqroq javob bersangizlar, chunki  harom pul topayapman degan gumonim bor. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunga shar’an ruxsat yo‘q. Hatto ularni suratini chizishga ham ruxsat yo‘q. عَنْ مُسْلِمٍ قَالَ: كُنَّا مَعَ مَسْرُوقٍ فِي دَارِ يَسَارِ بْنِ نُمَيْرٍ، فَرَأَى فِي صُفَّتِهِ تَمَاثِيلَ فَقَالَ: سَمِعْتُ عَبْدَ اللهِ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: إِنَّ أَشَدَّ النَّاسِ عَذَابًا عِنْدَ اللهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ الْمُصَوِّرُونَ Muslimdan rivoyat qilinadi: «Masruq bilan birga Yasor ibn Numayrning uyida edik. (Masruq Yasorning) bostirmasidagi suratlarni ko‘rib, dedi: «Abdullohning shunday deganini eshitdim: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Qiyomat kuni Allohning huzurida eng qattiq azobda bo‘ladigan odamlar musavvirlardir», deyayotganlarini eshitganman». أَنَّ عَبْدَ اللهِ بْنَ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَخْبَرَهُ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ الَّذِينَ يَصْنَعُونَ هَذِهِ الصُّوَرَ يُعَذَّبُونَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ يُقَالُ لَهُمْ أَحْيُوا مَا خَلَقْتُمْ Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo xabar qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu haykallarni yasaydiganlar qiyomat kuni azoblanadilar. Ularga: «Yaratgan narsalaringizga jon kiriting!» deyiladi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 102 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar