Namoz suralarni tez aytish

Assalomu alaykum! Domla mening yosh bolam bor 1 yarim yosh xar namoz o‘qiganimda yonimga yig‘lab turvoladi, lekin oldimni to‘smiydi. Bolam yig‘laganidan suralarni tez aytib nomozimni tugataman, nomozim durust bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tajvid qoidalari va ma’nosi buzilmaydigan darajada qiroat qilsangiz va namozning boshqa ruknlariga futur etmasa joiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 18:39 | Savol-javoblar | 175 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar