Birovni mulkiga ziyon etkazish
Assalomu alaykum! Bir masalani yoritib berishinglarni iltimos silardim. Qo‘shnini mashinasini ijara asosida minishga kelishdim. Qo‘shni bir kun avval mashinasiga benzin kelmay qolganini va o‘zi u er bu erini kovlab to‘g‘irlolmaganini ko‘rdim va u suxbat javomida shuni eslatdi. Men qo‘shniga o‘zim to‘g‘irlatib olaman dedim va benzin filtr olib kelib qoydim va mashina yurdi. Mashinani ustaga to‘liq tamirlatish maqsadida ustaxonaga minib chiqib ketayotganimda taxminan 2 kilometr yurmasimdan mashina yurib ketayotgan xolida kapotni ichidan alanga chiqib yonib ketdi. Shariat qoidalariga binoan ziyon kimni bo‘yniga o‘tadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ijara asosida minishga kelishgandan keyin, egasi sizga topshirgan vaqtdan boshlab avtoulov sizning mas’uliyatingizga o‘tadi. O‘sha vaqt ichida biror hodisa bo‘lsa, egasiga siz ziyonni qoplab berasiz. Albatta agar ziyonga boshqa kishi sabab bo‘lsa, siz o‘sha kishidan talab qilib olasiz. Yong‘in nimadan chiqqanini aniqlash kerak. Agar siz qo‘ygan filtrdan chiqqan bo‘lsa ham siz to‘laysiz. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 13:07 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom