Echim topish

Assalomu alaykum! Bir insondan o‘g‘rilikni gumon qilib uni kuchli so‘roqqa tutdim. 5-6 kishi bilan ham so‘roqqa tutdik, u odam qilmaganini ta’kidlab, ko‘ziga yosh olishigacha bordi va oxir oqibat o‘sha soatning o‘zida u odamning o‘g‘ri emasligi ma’lum bo‘ldi. Buyum boshqa joyda unutilib qoldirilgani, Allohning irodasi bilan esga tushdi. U insondan uzrimni so‘radim, qabul qilganini aytdi, guvohlarning oldida ham adashganimni ta’kidlab uzr so‘radim. Lekin hamon vijdonim qiynalmoqda. Qanday qilib gunohimni yuvsam, vijdon azobidan qutulsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ko‘nglini ko‘taradigan biror yaxshilik yoki biror yaxshi narsa hadya qiling. عن أبي ذر ومعاذ بن جبل رضي الله عنهما ، أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال : اتق الله حيثما كنت ، وأتبع السيئة الحسنة تمحها ، وخالق الناس بخلق حسن رواه الترمذي وقال : حديث حسن ، وفي بعض النسخ : حسن صحيح Abu Zar va Muoz ibn Jabar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Qaerda bo‘lsang ham Allohga taqvo qil. Yomonlik qilsang, orqasidan yaxshilik qilib qo‘y. Shunda u yomonlikni yuvib yuboradi(o‘chirib tashlaydi) va odamlarga go‘zal xulq bilan muomalada bo‘l” deganlar".  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:38 | Savol-javoblar | 137 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar