Farzand qurbonlik qilsa otasiga shart emasmi

Assalomu alaykum! Oilada xamma aloxida ishlasayu. Bitta sigirni qurbonlik qilmochi bo‘lishsa. Farzandlar qurbonlik qiladi. Otasiga shart emas farzandlariniki o‘tadi chunki farzandlari pulida otaning xaqqi bormish. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bitta qoramol 7 kishidan ado bo‘ladi. Otaga ham vojib bo‘lsa, 7 kishini orasida bo‘lsa bo‘ladi. Zakot va qurbonlikda ota-ona, aka-uka degan narsa alohida bo‘ladi. Ya’ni nisob egalari bo‘lsa, har bir kishiga alohidadan qurbonlik vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar