Namozim hukmi

Assalomu alaykum! Biz Do‘stlarimiz bilan J Koreyada bazan juma namoziga borishga imkon topib boramiz, bazan esa o‘qish tufayli buni imkoni bo‘lmay qoladi. Shunda uyda peshinni o‘qiymiz. Biz jumaga bormay uyda o‘qiganimizda shu kungacha jamoat bilan o‘qib kelgan ekanmiz. Bir do‘stim aytib qoldi jummaga bormagan kishi peshinni alohida o‘qish kerak hamda juma namoz o‘qilayotgan vaqtda emas sal kechiktrib o‘qish kerak deb qoldi. Bizni oldingi o‘qigan namozimizni hukmi qanday bo‘ladi? Qiroati yaxshi bo‘lmagan ikki kishi bo‘lsa bir biriga sen chiq imomlikka deb imomlikka chiqishdan bosh tortib kelisholmay qolishsa yani qiroati yaxshi emasligi uchun ular alohida alohida o‘qib yursalar bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ado bo‘lgan bo‘ladi. Hamma bir xil bo‘lsa bittasi imomgarchilikka o‘tadi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 141 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar