Qo‘shnichilik haqlari
Assalomu alaykum! Qo‘shnimizni uyiga gaz kirgan, oshxonasi va gaz plitasi xam bor, gazga to‘lashga imkoni xam bemalol etadi. Ammo tez tez bazida xar kun, bazida kun ora xovlisida o‘tin yoqib o‘choqda ovqat pishiradi. Shu payt bizni uy tutun va o‘tin xidi bo‘lib ketadi. Dimoqlar achishib juda ozorlanamiz. Bazida xovlidagi yuvilgan kirlarga, uylarini ichiga tutun xidi o‘rnashib qoladi. Men bilan bir devor qo‘shni, uyi menga nisbatan deyarli qibla tarafda joylashgan, shamol qibladan esishi tufayli tutun va o‘tin xidi bizni xovlimizni egallab oladi. Qo‘shnimni shu ishi to‘g‘rimi. Qo‘shnimga vaziyatni tushuntirib bu ishingizni qilmang deb ogohlantirsam, bu ishim to‘g‘rimi. Yoki sabr qilib yashayverganim to‘g‘rimi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson bu dunyoga bir marta keladi. Shuni juda ko‘pchilik noto‘g‘ri suiste’mol qiladi. Hamma shu birmartalik dunyoda xohlaganimdek yashab olaman deb o‘ylaydi. Biz sizni qo‘shningizni holatini bilmasak qanday qilib uni ayblashimiz mumkin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning buyuk sifatlaridan biri tahammul edi. Ya’ni ozorlarga sabr qilish. Balki sizni shu ishingiz Allohning nazdida ulkan rahmatiga erishish, gunohlaringizni mag‘firatiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar sizga juda ham qattiq ozor etayotgan bo‘lsa, hikmat va yumshoqlik bilan tushuntirib ko‘ring. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 20:30 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush