Qunut duosini o‘qish shart emas deyilgan javob
Assalomu alaykum! Abdullox zufar (shaxsan tanimayman) ismi ostida bir savol javob audioga yozib olinganini eshitdim. Unda “qunut duosi xech qaysi mazxabda vojib deb aytilmagan. Sunnat deb aytilgan va ba’zi mazxabda makrux xam deyilgan” deb javob beribdi. Shunga oydinlik kritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U kabi betayin odamlarga nima deb valdirasa ishonib ketavermang. Hazratimiz rahimahullohning "Kifoya" kitobini olib qunut bobini o‘qing. Undan quyida qisqacha iqtibos qilamiz: Hanafiy mazhabi vitrda ruku’dan oldin «Qunut»ni o‘qishga quyidagi dalillarni keltirishadi:عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ مَسْعُودٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَقْنُتُ فِي وِتْرِهِ قَبْلَ الرُّكُوعِ رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam vitrning ruku’sidan oldin «Qunut» o‘qir edilar».
Abu Dovud rivoyat qilgan. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُما أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَقْنُتُ فِي الْوَتْرِ قَبْلَ الرُّكُوعِ، قَالَ ثُمَّ أَرْسَلْتُ أُمِّيَ أُمَّ عَبْدٍ فَبَاتَتْ عِنْدَ نِسَائِهِ، فَأَخْبَرَتْنِي أَنَّهُ قَنَتَ فِي الْوَتْرِ قَبْلَ الرُّكُوعِ رَوَاهُ الدَّارَقُطْنِيُّ Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam vitrda ruku’dan avval «Qunut» o‘qirdilar. So‘ngra onam Ummu Abdni yubordim. Bas, u u zotning ayollari oldida yotib qoldi va kelib, menga u zotning vitrda ruku’dan oldin «Qunut» o‘qiganlarining xabarini berdi».
Dora Qutniy rivoyat qilgan.
Bunga o‘xshash rivoyatlar juda ham ko‘p.
Hanafiy va molikiy mazhablari qunutda o‘qiladigan duoga ushbu dalilni keltiradilar: أَخْرَجَ أَبُو دَاوُدَ عَنْ خَالِدِ بْنِ أَبِي عِمْرَانَ قَالَ بَيْنَمَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَدْعُو عَلَى مُضَرَ إذْ جَاءَهُ جَبْرَائِيلُ عَلَيْهِ السَلام فَأَوْمَأَ إلَيْهِ أَنْ أُسْكُنْ، فَسَكَتَ، فَقَالَ يَا مُحَمَّدُ، إنَّ اللهَ لَمْ يَبْعَثْكَ سَبَّابًا وَلَا لَعَّانًا، وَإِنَّمَا بَعَثَكَ رَحْمَةً، لَيْسَ لَكَ مِنَ الْأَمْرِ شَيْءٌ ثُمَّ عَلَّمَهُ الْقُنُوتَ اللَّهُمَّ إنَّا نَسْتَعِينُكَ وَنَسْتَغْفِرُكَ، وَنُؤْمِنُ بِكَ وَنَتَوَكَّلُ عَلَيْكَ، وَنُثْنِي عَلَيْكَ الْخَيْرَ كُلَّهُ، نَشْكُرُكَ وَلَا نَكْفُرُكَ، وَنَخْلَعُ وَنَتْرُكُ مَنْ يُفْجِرُكَ اللَّهُمَّ إيَّاكَ نَعْبُدُ وَلَكَ نُصَلِّي، وَنَسْجُدُ وَإِلَيْكَ نَسْعَى، وَنَحْفِدُ نَرْجُو رَحْمَتَكَ، وَنَخْشَى عَذَابَكَ، إنَّ عَذَابَكَ بِالْكُفَّارِ مُلْحِقٌ Imom Abu Dovud Xolid ibn Abu Imrondan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muzarning ziddiga duo qilayotganlarida birdan Jabroil alayhissalom keldi va u zotga «Jim», deb ishora qildi. U zot jim bo‘ldilar. Bas, u:
«Ey Muhammad, albatta, Alloh seni so‘kong‘ich qilib ham, la’natlovchi qilib ham yuborgani yo‘q. Albatta, seni olamlarga rahmat qilib yubordi. Senga ishdan hech bir narsa yo‘qdir», dedi.
So‘ngra «Qunut»ni o‘rgatdi:
«Allohumma innaa nasta’iynuka va nastag‘firuka. Va nu’minu bika va natavakkalu alayka. Va nusniy alaykal xoyro kullahu. Nashkuruka va laa nakfuruk. Va naxla’u va natruku man yafjuruk. Allohumma iyyaaka na’budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nas’aa va nahfidu. Narjuu rohmataka va naxshaa azaabaka. Inna azaabaka bil kuffaari mulhiq».
Duoning ma’nosi:
«Allohim, albatta, biz Sendan yordam so‘raymiz, Senga istig‘for aytamiz va Senga iymon keltiramiz, Senga tavakkul qilamiz va Senga shukr keltiramiz, kufr keltirmaymiz. Kim Senga fojirlik qilsa, uni ajratamiz va tark qilamiz. Allohim, Sengagina ibodat qilamiz, Sengagina namoz o‘qiymiz va sajda qilamiz, Sengagina intilamiz va shoshilamiz. Sening rahmatingni umid qilamiz va azobingdan qo‘rqamiz. Albatta, Sening haq azobing kofirlarga etguvchidir».
Sahobai kiromlar ushbu duoga ittifoq qilganlar, bu duo hazrati Umar va u kishining o‘g‘illari Abdulloh ibn Umarning duolari sifatida ham mashhur bo‘lgan.
Kim «Qunut» duosini o‘qimay ruku’ga ketgan bo‘lsa, sahv sajdasi qiladi.
«Qunut» duosini bilmagan odam uni yodlab olgunicha uch marta «Allohummag‘fir lii», desa yoki «Robbanaa a’tina»ni o‘qib tursa bo‘ladi.
Uning har bir rak’atida Fotihani va biror surani qiroat qiladi. عَنْ عَبْدِ الْعَزِيزِ بْنِ جُرَيْجٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ سَأَلْنَا عَائِشَةَ بِأَيِّ شَيْءٍ كَانَ يُوتِرُ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ؟ قَالَتْ كَانَ يَقْرَأُ فِي الْأُولَى بِــ سَبِّحِ اسْمَ رَبِّكَ الْأَعْلَى ، وَفِي الثَّانِيَةِ بِــ قُلْ يَا أَيُّهَا الْكَافِرُونَ ، وَفِي الثَّالِثَةِ بِــ قُلْ هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ وَالْمُعَوَّذَتَيْنِ رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Abdulaziz ibn Jurayj roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Oishadan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nima ila vitr o‘qishlarini so‘radik. U kishi:
«Birinchi rak’atda «Sabbihisma robbika»ni, ikkinchi rak’atda «Qul ya ayyuhal kaafiruun»ni, uchinchi rak’atda «Qul huvallohu ahad» va mu’avvizataynini o‘qir edilar», dedi».
«Sunan» egalari rivoyat qilishgan.
Boshqa rivoyatlarda uchinchi rak’atda faqat «Qul huvallohu ahad»nigina o‘qishlari aytilgan.
«Mu’avvizatayni» – «Qul a’uuzu birobbil falaqi» va «Qul a’uuzu birobbinnaasi» suralaridir.
Ushbu hadisdan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ko‘pincha uch rak’at vitr o‘qiganlari ochiq-oydin bilinmoqda.
Va (iqtido qiluvchi) vitrning ruku’sidan keyin qunut o‘quvchi(imom)ga ergashadi, bomdodda qunut o‘quvchiga ergashmaydi, balki sukut saqlaydi.
Odatda taroveh namozida vitr ham jamoat bilan o‘qiladi. Shunda muqtadiy imomning ortidan «Qunut»ni o‘qiydi.
Hanafiy mazhabidagi namozxon bomdod namozida shofe’iy mazhabidagi imomga iqtido qiladigan bo‘lsa, imom o‘z mazhabiga binoan «Qunut»ni o‘qiganda, muqtadiy sukut saqlab turaveradi. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:28 | Savol-javoblar | 177 | Duolar