Zakot adashib berilsa

Assalomu alaykum! Bir tanishim bor edi ayol kishi. Yoshlari 60 dan oshgan.Erlari ham bor ammo oilada bu ayol xo‘jayin. Ayolning qo‘lida zakotga nisobi etadigan darajada puli bo‘lgan lekin pulni ishlatishga juda ham qattiq. Yashashlari ham juda oddiy. Yashashlarini ko‘rgan odamlar bular ancha qiynalib qolibdi deb zakot hamda ehsonlarini bularga bergan. Shunda zakot berganlarning zakoti zimmasidan soqit bo‘ladimi? 2. Zakot berishga qodir bo‘laturib boshqalarning zakotini qabul qilsa buning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Kambag‘al deb o‘ylab berilsayu keyin boy bo‘lib chiqsa qayta berishga hojat yo‘q. Zakot ado bo‘ladi. 2). Harom. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 20:40 | Savol-javoblar | 157 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar