Aktyorlik xaqida

Assalomu alaykum! Men ayni paytda teatrda aktyor sifatida faoliyat olib boraman. Shu yil sanat va madaniyat institutiga o‘qishga kirmoqchiman. Shuning uchun tanlagan yo‘lim to‘g‘rimi, dinimizda aktyorlikga qanday qaraladi bu gunox ishmi yoki yo‘q shuni bilmoqchiman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gap aktyorlikda emas, u nima ishlar bilan shug‘illanishida. Kelgusida noshar’iy ishlarga qo‘l urish yoki urmasligingizga bog‘liq. Stsenariy ekan deb birovni xotinini belidan ushlash yoki unga noshar’iy gaplarni gapirish kerak bo‘lsa kim uni joiz deb aytadi. Insonlarga hikmatni ulashish holati bo‘lsa hech kim bundan qaytarmaydi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 03:42 | Savol-javoblar | 150 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar