Ota ona ruxsatisiz soch kestirish

Assalomu alaykum! Mening sochlarim juda uzun, o‘zim xijobdaman. Sochlarimning uzunligi menga noqulaylik tug‘diryapti, sochimni biroz kaltalatib kestiray desam ota onam ruxsat berishmayapti. Ularning ruxsatisiz ham sochimni kestirsam bo‘laveradimi, ularning ko‘ngliga tegib qizim aytganimga kirmapti deyishsa men gunohkor bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kestirish joiz. Ota-onangizni ko‘nglini og‘ritmay qilishga harakat qiling. Sharti, erkaklar sochi darajasida kalta, fosiqa va buzuq ayollarning sochiga o‘xshash bo‘lmasin. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 21:01 | Savol-javoblar | 180 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar