Qur’ondan Amma surasiga borsa ammasi osh qiladimi

Assalomu alaykum! Meni singlimga bir o‘qtuvchi ayol arab tili darslik o‘rgatadi. Shunga Qur’onda Amma deb boshlanadigan suraga etib kelishibdi. O‘qtuvchisi ammalarizga ayting osh taom pishirib berishsin dayapti. Bu ish to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatda bunday gap yo‘q. Agar o‘qituvchi ayolni osh egisi kelayotgan bo‘lsa bunaqa Qur’onga bog‘lamasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri osh egim keldi deb aytishi kerak. Bunaqangi safsatalarni dinga bog‘lamaslik kerak. Ilmni soliha haqiqiy ilmli insondan olingani yaxshi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 21:12 | Savol-javoblar | 146 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar