Muzobaraga kiradimi

Assalomu alaykum! Bir ukaxonim o‘z biznesini kengaytirish maqsadida katta miqdorda mendan qarz berib turishimni so‘radi. Evaziga har oyda ma’lum miqdorda foydasidan pul berishini va 5-12 oylardan so‘ng olgan pulini yopib berishni taklif qildi. Shunda men: "bu ish ribo hisoblanadi, agar rostdan men bilan ishlamoqchi bo‘lsang, sherikchilik asnosida pul berib turishim mumkin" deb aytdim va u rozi bo‘ldi. Har oylik meni ulushim sifatida, biznesi binosidagi ijarachilarning har oylik ijara puli ekanligini kelishib oldik. Mazkur kelishuvimiz muzorabaga to‘g‘ri keladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri kelmaydi. Muzorabada tikilgan pul va bajarilgan mehnat natijasida hosil bo‘lgan foyda oldindan tomonlar ixtiyoriy kelishuviga ko‘ra nisbatlarda (3 dan ikkisi pul tikkan robbul molga, 3 dan 1 esa muzorib-ishchiga, kabi) taqsimlanadi. Muayyan miqdordagi pulni ulush sifatida belgilab olish joiz emas, zero umumiy foyda o‘zi o‘shancha yoki undan ham oz bo‘lib qolishi mumkin. Vallohu a’lam! Muzoraba haqida batafsil o‘qib chiqing.https://fiqh.uz/maqola/317

14 May 2022, 08:45 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar