So‘zlarning ta’rifi, izohi, ma’nosi

Assalomu alaykum! Fazilatli Shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitoblarini o‘qiyotganda ko‘plab biz bilmagan so‘zlarga duch kelamiz. Bu so‘zlarni o‘zbek tili izohli lug‘atidan qidirib ko‘rsak ham afsuski chiqmayapti. Agar imkoni bo‘lsa, so‘zlarning hech bo‘lmasa lug‘aviy ta’rif(izoh)ini topsa bo‘ladigan biron-bir manbani ayta olasizlarmi? (Men asosan "Google"dan, "Savodxon" dasturidan, va "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" kitoblaridan foydalanaman).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday so‘zlarga keyingi nashrlarda izohlar kiritiladi inshaa Alloh. Hozirda bunday so‘zlarning ma’nosini bilish uchun eng oson yo‘l biror ahli ilmdan so‘rash. Vallohu a’lam!

25 Noyabr 2023, 13:05 | Savol-javoblar | 0 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar