Oyoqdagi pufak
Assalomu alaykum! Oyog‘imning katta barmog‘ining orqa tarafida pufak chiqqan edi (ko‘p yurganim uchun bo‘lsa kerak, vallohu a’lam). Bir haftacha kattalashdi. Bir kuni Xuftonga jamoatga chiqib keldim. Tahorat olayotganimda, adashmayotgan bo‘lsam, pufak hali yorilmagan edi. Masjdiddan uyga kelib, u-bu narsa qilganimdan so‘ng, shalvarimni echib qarasam pufak yorilgan va uning oldilari suv. Katta ehtimol bilan shalvarimaga suv tekkan. Shu pufakning suvi kiyimni va joynamozlarni ibodatga yaroqsiz qiladimi? Agar yaroqsiz qilsa, men shuncha bosib o‘tgan joylarning qay eri nopok va qay eri pok ekanligini qattan bilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha suv najosatdir. Siz uni qachon yorilganini bilmasangiz gilamlarni najas deb hukm qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
5 Oktabr 2023, 14:14 | Savol-javoblar | 0 | Tahorat