Maxsulot yoki xizmat narxidagi chegirma

Assalomu alaykum! Savdoda asli bo‘lmagan narxni bo‘lgan deb aytish va uni yozish va keyinchalik xozir chegirmadagi narxi shunaqa deb o‘zining oldindan belgilangan narxini aytish xukmi qanday? Masalan: sotuvchi tuxumni 300 so‘mdan sotib kelgan. Endi esa yangi mijozlarga u tuxumlar 50% chegirmada oldingi narxi 600 so‘m edi. Endi 300 so‘mga xarid qiling deb aytish joizmi? Shu ish nojoiz bo‘lsa bo‘ni qilayotganlarga qanday tushuntirsa va qaytarsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadislarda bundan qaytarilgan. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: نَهَى النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ النَّجْشِ  Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam «najsh»dan nahiy qildilar».
Sharh: 
«Najsh» so‘zi lug‘atda «shishirib ko‘rsatish» degan ma’noni anglatadi.
Savdoda esa boshqalarni aldab, qiziqtirish uchun bir narsani ortiqcha bahoga sotib olishga aytiladi. Bunda sotuvchi bilan kelishib olgan sheriklari bo‘ladi yoki shu ishni o‘zi qiladi. Sotuvchi savdo molini maqtab turadi, uning sheriklari esa odam to‘planganda kelib, «Juda zo‘r narsa ekan, bahosi ham arzon», degan gaplar bilan xo‘jako‘rsinga maqtab, sotib oladilar. Buni ko‘rgan boshqa kishilar ham qiziqib, haligi molni sotib ola boshlaydilar. Bu ish ochiq-oydin aldamchilik ekanligi ko‘rinib turibdi. Bunday yo‘l bilan pul topishni ham Islom harom qilgan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 21:55 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar