Noma’lum fan

Assalomu alaykum! Anchadan beri meni bir narsa juda qiynab kelmoqda. Xudodan xar doim O‘zi to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishini so‘rab duo qilaman. Mening bir yaqin insonim bor. U judayam yaxshi, mexribon, saxiy inson, ko‘p menga yordam beradi, lekin taqvodor emas. Xozirda u Qirg‘izistonlik insondan tarqab borayotgan "Syutsay" nomli bir fanga juda qiziqib qoldi va bu fan bilan shug‘ullanmoqchi. Lekin menga bu fanda dinimizga zid narsalar borday tuyuladi. Yaqinimga biron nima deb nasixat qilishga xayronman, yoshi mendan ancha katta gapirsam pisan qilmasligi yoki xafa bo‘lishi mumkin. Shu narsa xaqida nima deyish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon uchun oyat-hadis kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 21:55 | Savol-javoblar | 168 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar