Tovar olish uchun foiz olish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ko‘p martta eshitganman, bir korxona yoki tashkilotda ishlovchi xodimi tovar olish uchun boshqa bir tashkilotga murojat qilib extiyoji uchun tovar belgilatib buxgalteriya bilan kelishgan xolda pul ko‘chirtirsa, aslida tovar bilan taminlovchi tashkilot tovar olgani uchun 10% mukofat pul bersa, uni buxgalter va ishchi xodim bo‘lishib olsa, misol uchun 10millon tovar olib 10% i 1 million taminotchidan olib bo‘lishib olsa o‘sha pul ishchi xodim va bugalterga xalol bo‘ladimi? Asli u tashkilot barcha tashkilotlar bilan xam shunaqa tarzda ishlasa, lekin buni tovar oluvchi tashkilot raxbari bilmasa, lekin ishlash shartnoma qilguncha ko‘rsatilmagan bo‘lsa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ishchini ham hisobchini ham unday ish tutishi harom amal. O‘sha pullar tashkilotning haqqi bo‘ladi, qaytarishi shart. Ko‘cha tilida otkad degan so‘z ishlatilar ekan, u tovarga pul to‘lagan kishining haqqi hisoblanadi. O‘z egasiga etkazib berish shart. To‘lagan tashkilot yoki korxona bo‘lsa o‘shalarning hisobiga qaytarishi shart. Prorab deb nomlangan shaxslar doimiy tarzda shu ishni qilishar ekan. Ularning bu yo‘l bilan topganlari harom hisoblanadi. Ular kim uchun ishlayotgan bo‘lsa qaytarilgan pullar ham o‘sha uy egasi yoki tashkilotlarniki bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:54 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar