Ijozat berasizmi?
Assalomu alaykum va raxmatulloxu kadrli ustozimiz, Shayx Xazratlari! Avvalo dinimiz ravnaki, xalkimizning diniy bilimlarini oshirishda kilayotgan beminnat xizmatlaringiz uchun Allox Subxana va taolodan sizga ajru xasonotlar suraymiz. Baxtimizga ilmingiz yanada ziyoda bulib, uzok yillar bizlarga raxnamo bulib yurishingizni Alloxim nasib etsin.Savolim kuyidagicha: Man Tojikistonda yashayman, Alxamdulillax, kitoblaringiz kelib tursada, disklaringiz, mr3 formatidagi ma’ruzalaringiz deyarli yuk, topsak xam internet orkali topamiz. Masalan Tafsiri Xilolni mr3 kurinishini islom.uz saytidan olib eshitamiz. Bugun, Allox nasib etib, bir kishidan "Ijtimoiy odoblar " kitobingizni mr3 formatini sotib olish nasib etdi. U kishini aytishicha disk fakat ikkita ekan xolos. KUp mikdorda olib kelishni imkoni yuk ekan. Man kompyuter va telefonga kuchirib eshitaman, shunga diskdan kuchirib olib telefonda eshitsam ijozat berasizmi? Ba’zi eshitib kolgan odamlar u yo bu mavzudagi ma’ruzangizni "manga xam utkazib ber" deyishsa ularga utkazib berish xarom xisoblanadimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizning holatingizga o‘xshash holatlarni e’tiborga olib, kitob va disklarni internet orqali sotishni yo‘lga qo‘yildi. Hozir ba’zi kitoblar sotilmoqda. Keyinchalik hammasini savdoga qo‘yish bo‘yicha ishlar ketmoqda. Saytimizdagi e’londan foydalanib, o‘sha kitoblardan sotib olishni o‘rganinglar. Ruxsatsiz birovga o‘tkazib berish harom bo‘ladi.
6 May 2022, 14:25 | Savol-javoblar | 132 | Kitoblar