Kosher go‘shti va nasroniy(katolik)larning taomga taklifi

Assalomu alaykum! Biz yashayotgan shaharda bitta va yagona masjid bo‘lib, u erda har juma kuni juma namozidan so‘ng halol go‘sht sotiladi. Asosan suyaksiz mol go‘shti, molning qiyma go‘shti va tovuqning butun so‘yilgan xolatdagisi sotiladi. Savollarim quyidagicha: 1. Supermarketlarda yahudiy dini qoidalari asosida so‘yilib, “kosher”degan belgisi bilan ularning “rabbi” deb ataladigan lavozimdagi kishilarining ismlari bilan muhrlangan go‘shtlar ham sotiladi. Shu “kosher” go‘shtlarini sotib olib iste’mol qilish musulmon odamga halol bo‘ladimi? 2. Ba’zida ish yuzasidan yoki oilaviy shaklda bizni mehmonga taklif qilishsa, tabiiyki taomlanish joylaridagi yoki uylardagi cho‘chqadan boshqa mol, tovuq va hokazo go‘shtlar halol bo‘lmasada chililiklar asosiy qismi xristian dinining katolik oqimi vakillari ekanligidan kelib chiqib iste’mol qilsak bo‘ladimi? 3. Yashab ko‘rayotganimizdan shuni aytishimiz mumkinki, har shanba-yakshanba kunlari cherkovlari oldidan o‘tib qolsak odam kirdi-chiqdisi ko‘p, aholining ko‘pchiligi so‘ralganda o‘zini katolik deb javob beradi. Go‘shtlarni katolik oqimi qoidalariga asosan so‘yayotgan yoki yo‘qligini bila olmadik, aniqrog‘i tushuntirib so‘ray olmadik. O‘zimiz ham katolik oqimi yo‘nalishida to‘g‘ri bo‘ladigan halol go‘sht qoidasidan bexabarmiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ular o‘sha go‘shtlarni Bismillah deb so‘ygan bo‘lsa iste’mol qilsa bo‘ladi. Bir surishtirib qo‘yish shart.
2). Yo‘q.
3). Hozirgi katoliklar Iyso alayhissalomning nomlarini aytib so‘yishadi. Bu bilan halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:53 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar