Savdo, qasr, sadaqa

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, aptekada ishliman va mendan spirt so‘rab kelishadi, so‘rab kelganlarni ichida o‘sha spirtni ichadiganlari ham bor. Nimaga spirtni olyapsiz desam boshqa narsani bahona qilishadi, ba’zilari nima ishing bor deyishadi shunday holatda qanday ish tutish kerak, agar ichishini aniq bilsam?
2) Musofirlik shartlariga to‘la mos kelsada, lekin o‘zi hohlab namozni qasr qilmasdan o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ichishini aniq bilsangiz sotmang. 2). Agar qasr qilmasdan to‘liq o‘qisa, xuddi Alloh bergan hadyani “boshinga tort” degan bo‘ladi. Bir joyda 15 kecha va kunduz turishni niyat qilmagan bo‘lsangiz qasr qilib o‘qing. عَنْ يَعْلَى بْنِ أُمَيَّةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ : قُلْتُ لِعُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ : لَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَنْ تَقْصُرُوا مِنَ الصَّلاةِ إِنْ خِفْتُمْ ؟ فَقَالَ : عَجِبْتُ مِمَّا عَجِبْتَ مِنْهُ ، فَسَأَلْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالَ : » صَدَقَةٌ تَصَدَّقَ اللَّهُ بِهَا عَلَيْكُمْ فَاقْبَلُوا صَدَقَتَه Ya’lo ibn Umayya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Men Umar ibn Xattobga(Alloh taoloning) “Agar qo‘rqsalaringiz namozni qasr qilishda gunoh yo‘q” degan oyatini o‘qidim. Shunda Umar “Men ham sen ajablangan narsadan ajablanib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘radim. U zot sollallohu alayhi vasallam “Bu Allohning sizlarga qilgan sadaqasidir, uni qabul qilinlar” dedilar”. Tahoviy rivoyati. Shuning uchun Alloh qilgan ehsonni jon deb qabul qilish kerak. Uyingizdan tushadigan joyingizgacha 88 km chiqsa qasr qilib o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:38 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar