Internet biznes(dropshipping)
Assalomu alaykum! Men bir tijoratga qo‘l urmoqchiman lekin halol yoki haromligi o‘ylantiryapti. Bu tijorat internet orqali amalga oshiriladi, ya’ni men bir katta futbolka, krushka va yana shunga o‘xshash tovarlarni ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish hisobiga sotaman. Haridor buyurtma berishi bilan buyurtma qancha vaqt oralig‘ida etkazilishi haqida xabarni oladi. Keyingi jarayon buyurtma avtomatik tarzda ishlab chiqaruvchiga boradi (ya’ni, manzili, razmerlari va qanaqa dizaynda bo‘lishi haqida), keyin ishlab chiqariladi. Ishlab chiqaruvchi buyurtmani buyurtma qilingan so‘ng o‘sha dizaynda ishlab chiqarib uni haridorga yuboradi. Hal shundaki futbolkaga korxona qo‘ygan narx bor misol uchun futbolka narxi $10. Men tovarga narx qo‘yaman misol uchun $15 va reklama qilaman. Tovar sotilgandan so‘ng korxona o‘z ulushini va men o‘z ulushimni olaman. Men o‘ylantirayotgan narsa shuki men tovarni sotib olib sotmayman. Tovarni sotishda korxonaga yordam beraman ya’ni har xil dizaynlarni dizaynerlardan sotib olaman va futbolka, krushkalarni shu dizayndagi tovarlarga qiziquvchilarga reklama qilaman va korxona shu dizaynda ishlab chiqarib iste’molchiga etkazib berishadi. Tovar faqatgina buyurtmaga ko‘ra ishlab chiqariladi. Shu ishim sharian joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz korxona bilan ularga xaridor topishga shartnoma tuzing. Keyin har bir xaridor topganingizga ulardan haq olavering. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 23:13 | Savol-javoblar | 177 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz korxona bilan ularga xaridor topishga shartnoma tuzing. Keyin har bir xaridor topganingizga ulardan haq olavering. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 23:13 | Savol-javoblar | 177 | Halol va harom