Qazo ro‘za va namozlar

Assalomu alaykum! Berayotgan javoblar uchun sizlarga katta rahmat. Xizmatda yurgan harbiylar, militsiya xodimlarni yillab tutmagan ro‘zasi va o‘qimagan namozlari hukmi qanday bo‘ladi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biz barchamiz bu dunyoga keldik, yoshlikda o‘ynadik, o‘qish davrida o‘qidik, oila qurish kerak bo‘lgan vaqtda oila qurdik, farovon hayotimizga sabab bo‘ladigan kasb-hunarlar nasib bo‘ldi, xullaski bu dunyoda bir inson qanday go‘zal hayot kechirishi mumkin bo‘lsa Alloh taolo bizlarga shuni nasib qildi. Qo‘limizdan kelganicha Alloh taoloning farz qilgan amallarini ham ado qilsak, in shaa Alloh oxiratimiz ham obod bo‘ladi. Ularning xizmatlari muhimligi barchaga ma’lumdir. Xalqqa sadoqat bilan ish tutsalar, ajrlari ham in shaa Alloh ko‘p bo‘ladi. Ular ham musulmon va musulmon farzandlaridirlar. Har bir iymon keltirgan mo‘minga Alloh taolo besh vaqt namoz va ramazon ro‘zasini farz qilgan. Xizmat bilan birgalikda Alloh taoloning amrlarini ham bajarishlari kerak. Xizmati bu dunyosining obod bo‘lishiga sabab bo‘lsa, ro‘za va namozlari oxiratlarining obod bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:25 | Savol-javoblar | 175 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar