Nasiyaga olib mol-xol boqish

Assalomu alaykum! Menga bir tanishim qoramol olib bermoqchi, pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga. U menga o‘zimga yoqqan qoramolni olib bermoqchi. Men shu tanishim bilan qoramol bozorga tushsam molni tanlasam, savdoga aralashmayman. Tanishim o‘zi savdolashib, o‘z puliga haligi qoramolni sotib olsa masalan 12-14 mln so‘m, so‘ngra menga o‘sha joyda 1 yildan oshig‘roqga bo‘lib berishga 16-17 mln so‘mga sotsa joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar