Qarindoshlar bilan aralashib o‘tirish

Assalomu alaykum! Bizni qarindoshlar doim bordi keldi qilaylik qarindoshlik yo‘qolmasin deydi. Lekin qarindoshlarnikiga va aka ukalarnikiga borganda maxram va nomaxramlar aralashib yuraveradi. Bir dasturxon atrofida ayolu erkak o‘tiraveradi. Yoki nomaxram qarindosh kirganda avrat joylarini berkitmaydi ya’ni ro‘mol xam o‘ramasligi mumkin. Bu xolatda islomda qanday qarindoshlik qilish kerak bo‘ladi. Yoki musulmon erkak bir o‘zi borib xol axvol so‘rab tursa etadimi. Chunki to‘ylarda xam va boshqa marosimlarda erkak va ayol aralashib yuraveradi. Aralashib yurish noto‘g‘ri deb ko‘p aytganman lekin umuman foydasi bo‘lmayapti. Xozirgi bu muxitda qanday karindoshlik qilishimiz kerak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nomahramlar aralashib yurish va o‘tirishlari joiz emas. Qarinidosh urug‘lar har qancha silai rahm qilishsalar ham, shariat doirasidan chiqmasligi kerak. Shuning uchun to‘y-ma’rakalariga boraverasiz, noshar’iy holat bo‘lsa unda chetda bo‘lasiz. Siz borib turishingiz zimmangizdagi silai rahmni ado qilishingiz bilan birga ularning ham isloh bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Go‘zal tarzda ularga tushuntirib, o‘zingiz o‘rnak bo‘lishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar