Bog‘dagi mevalar

Assalomu alaykum! Onam davlat korxonasida ishlaydilar. O‘sha davlat korxonasiga qarashli bog‘dagi mevalardan uyga olib kelib kompot tayyorlaganlar. Lekin u mevalarni rahbariyat ruxsatisiz olganlar. Olib kelmasalar nobud bo‘lishi mumkin ekan, yoki sheriklari u kishining o‘rniga olar ekanlar. Savolim: men ularni iste’mol qilishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pulini o‘sha tashkilotga to‘lab qo‘yib eyaveringlar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 00:15 | Savol-javoblar | 121 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar