Chor tasbeh haqida
Assalomu alaykum! Bizning Buxoro taraflarda, masjidda (hamma masjiddami anig‘ini bilmayman) namozdan keyin chor tasbeh aytiladi. Chor tasbehning ichida Oyatal kursiy ham, 33 martalik zikrlar ham, iymon kalimalari ham, shuningdek yana tarjimasini bilmaydigan form tojikcha duolarmi anig‘ini bilmayman, xullas hammasi qo‘shib aytiladi va shuni chor tasbex deyisharkan. Savolim shuki, man Toshkentda boshqa birorta masjidlarda bunaqa zikrni aytishganiga duch kelmaganim uchun bilmasam bilib olib ilm bo‘lib qolishi uchun shuningdek ko‘nglimda shubhaga bormaslik uchun qiziqib so‘rayapman, shu zikrni biz ham aytaversak bo‘ladimi, hurmatli Zikr ahlidan so‘rang hay’ati?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sunnatda kelganlarini aytsangiz afzal. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 00:59 | Savol-javoblar | 179 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sunnatda kelganlarini aytsangiz afzal. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 00:59 | Savol-javoblar | 179 | Namoz