Payg‘ambarimiz ayollari
Assalomu alaykum! Rosululloh Sollallohu Alayhi Vasallam 10 ta ayoli bo‘lib Islomga kirgan Sahobani 4 tasini qoldirilishligini aytib , buyuribdilar . Ammo Rosululloh SollAllohu Alayhi Vasallamning jami 11 ta ammo 9 ta ayollari bir vaqtda hayot bo‘lishgan ekan Mening Ilmimcha , Vallohu aʼlam . Nega unda o‘sha sahobaga qolgan ayollarini javobini berishga buyurganlar . Yoki Rosululloh SollAllohu Alayhi Vasallamning ayollarini Alloh Haq Subhanahu Va Ta’Alloh o‘zi Nikohlariga olishlarini buyurganmi ? Yani 9 talari bilan yashashlikni Alloh faqat Rosululloh SollAllohu Alayhi Vasallam uchun buyurib , shart qilganmi ularni nikohga olishlarini va shu sababli Ul Zot 9 ayollari bilan yashaganmilar ? Savolim uchun Uzur so‘rayman ! Bunda Dindan kamchiliklar topish emas maqsadim . Astag‘firulloh . Alloh mag‘firat qilsin va undan o‘zi asrasin ! Savol qiziqtirgani uchun va Ilm sifatida ham so‘radim ! Albatta Alloh buyuk , Allohu Akbar . Va Rosululloh SollAllohu Alayhi Vasallam Allohning Eng yaxshi Hizmatchisi , Quli , Bandasi va Payg‘ambaridirlar , Vallohu aʼlam . Ammo kezi kelganda so‘rab oldim . Boshqa fitnalardan va hayollardan holi bo‘lish uchun .
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlariga xos bo‘lgan. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollar uchun ham payg‘ambar qilib jo‘natilganlar. Onalarimiz ayollarga etkazish kerak bo‘lgan narsalarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bilib ayollarga etkazganlar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:25 | Savol-javoblar | 178 | Oila va turmush