Zinoning engili

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im tekstilda mexanik bo‘lib ishlaydi. Ishxonasida turli qizlar bor. Tez o‘sha qizlarga o‘ralashib qolganini sezaman oramizda turli janjallar bo‘ladi. Turmush o‘rtog‘im bunga parvo qilmasligimni va doim meni va bolalarimni yaxshi ko‘rishi xaqida aytadi. Tabiiyki, bu menga yoqmaydi. Erimning bu ishi xam zinoga kiradimi? U zino deganda, fakat begona ayollar bilan yaqinlik qilishnigina tushunadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ham zinoning bir turi. Turmush o‘rtog‘ingiz Allohdan qo‘rqsin. O‘zining mahramlarini bu holatga tushishini xohlamaganidek, o‘zgalarning mahramlarini ham o‘zi shu holatga solmasin. Shuni eslatib qo‘ying. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 01:20 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar